Taʼtil vaqtida o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi

Taʼtil vaqtida o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yilning 27-iyun kuni 190-son bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yoʻriqnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga muvofiq, taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

 

 

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak, bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

 

 

Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi “Oila kodeksi”ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.