Joriy yilning 24-may kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Markaziy Osiyo miqyosidagi xalqaro yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Markaziy Osiyoning 5 ta mamlakatidan 17 nafar iqtidorli ishtirokchi ishtirok etgan.
Natijada, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponshunoslik oliy maktabi talabasi Temur Samandarov tanlovda 1-o‘rinni egallagan.
