Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi tegishli Farmoni bilan nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari, ularning oʻqituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlari miqdoriga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra:
Nufuzli xalqaro olimpiadada:
1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravari (hozirgi vaqtda 937 500 000 soʻm) miqdorida;
– ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari (hozirgi vaqtda 168 750 000 soʻm) miqdorida;
– terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 soʻm) miqdorida;
2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 baravari (hozirgi vaqtda 562 500 000 soʻm) miqdorida;
– ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari (hozirgi vaqtda 93 750 000 soʻm) miqdorida;
– terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (hozirgi vaqtda 9 375 000 soʻm) miqdorida;
3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari (hozirgi vaqtda 375 000 000 soʻm) miqdorida;
– ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 250 000 soʻm) miqdorida;
– terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari (hozirgi vaqtda 5 625 000 soʻm) miqdorida;
Xalqaro olimpiadada:
1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 250 000 soʻm) miqdorida;
– ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 soʻm) miqdorida;
2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (hozirgi vaqtda 37 500 000 soʻm) miqdorida;
– ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 soʻm) miqdorida;
3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 soʻm) miqdorida;
– ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 250 000 soʻm) miqdorida;
Mintaqaviy xalqaro olimpiadada:
1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari (hozirgi vaqtda 4 500 000 soʻm) miqdorida:
– ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 soʻm) miqdorida;
2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari (hozirgi vaqtda 3 000 000 soʻm) miqdorida;
– ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 soʻm) miqdorida;
3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari (hozirgi vaqtda 2 250 000 soʻm) miqdorida;
– ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 250 000 soʻm) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Eslatma! Tegishli qonunchilik hujjatlari bilan bazaviy hisoblash miqdorining oʻzgarishi natijasida mukofot pullarining miqdori oʻzgarishi mumkin.
