Xususiy bogʻchalardan birida 2 yashar bola karavotga osilib qolib, halok boʻlgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, holat Dushanbe shahridagi bogʻchalardan birida yuz bergan.
Bolalar hayoti va xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan 29 yoshli murabbiy bolalarni uyqu paytida yolgʻiz qoldirgani uchun hibsga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari boshlangan. Maxsus xizmatlar bogʻcha faoliyatini oʻrganayotgani ma’lum qilingan.
