Andijon viloyatidagi maktablardan birida o‘quvchi o‘z o‘qituvchisiga musht tushirdi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, bundan bir oy avval Andijon tumanidagi umumtaʼlim maktabida 10-sinfdagi dars vaqtida o‘quvchi va o‘qituvchi ishtirokida janjal sodir bo‘lgan. Tortishuv ishtirokchilari jarimaga tortilgan.
“Saqichni ber deganda, og‘zimda saqich yo‘q, xohlasang kelib ol degan. Kelib olganda xuddi urayotgandek bo‘lgan. Keyin o‘quvchi mushtlab urgan. Voqeadan keyin yarashtiruv bo‘lgan. Bu ish sudgayam chiqarilgan”, – deydi maktab masʼul xodimi.
Voqea ishtirokchisi bo‘lgan bola esa o‘qituvchi uni haqoratlaganini taʼkidlamoqda.
“Menga saqiching bormi, dedi. Yo‘q, desam topib olsam u qilaman, bu qilaman deb haqorat qilishni boshladi. Bo‘pti topib olavering, desam kelib menga tashlanyapti. Men o‘zimni himoya qildim. Menga ikki marta shapaloq urdi. O‘rnimdan tursam, yana 2 marta shapaloq uryapti. Oshnalarimning oldida, hammaning oldida urib tashlayapti”, – deydi o‘quvchi.
