Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi turli restoran, kafe va xonadonlarda bitiruv kechalarini o‘tkazish taqiqlangani haqida ma’lum qildi.
25-may kuni quyidagilar taqiqlanadi:
– o’quvchi va ota-onalardan sovg’a uchun ortiqcha pul yig’ish;
– kafe, restoranlarda yoki hatto uylarda bayramni oʻtkazish;
– “Bayram dasturxonlari” yoki “imtihonlar” uchun pul yigʻish mutlaqo man qilingan.
Shuningdek, o‘quvchilarning guruh bo‘lib bog‘lar, akvaparklar va boshqa joylarda sayr qilishlari ham taqiqlanadi.
Qoidalarni buzganlar uchun jarima va javobgarlik choralari koʻzda tutilgan.
