Alisher Qodirov maktabda “Katyusha” qoʻshigʻi yodlatilgan holat boʻyicha vazirlik izoh berishini soʻradi

Alisher Qodirov maktabda “Katyusha” qoʻshigʻi yodlatilgan holat boʻyicha vazirlik izoh berishini soʻradi

Toshkent shahridagi maktablardan birida o’qituvchi o’quvchilarga «Katyusha» qo’shig’ini yodlatgani jamoatchilik muhokamalariga sabab bo’lgan edi. Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatga izoh berib, o’qituvchiga tegishli tartibda ogohlantirish bildirilganini ma’lum qildi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Milliy tiklanish siyosiy partiyasi raisi Alisher Qodirov ta’lim tashkilotlarida kuzatilayotgan holatlar yuzasidan Maktabgacha maktab ta’limi vazirligi izoh berishini talab qildi.

 

Shuningdek, Qodirov o’zining X ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida bog’cha bolalariga sovet harbiylarining kiyimlari kiydirib, tadbirga olib borilgani aks etgan suratga quyidagicha fikr qoldirdi:

 

«Bog’cha va maktablarda  bolalarning ongostiga o’zligimiz xo’rlangan sovet davriga sog’inch, ajdodlarimizni qirg’in qilgan imperialistik ramzlarga muhabbatni singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi zarur.

O’zbekistondagi bog’cha va maktablar farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, o’zligimizga mehr va sadoqat bilan tarbiyalash uchun kerak, tashqi propoganda targ’iboti uchun emas. MMT vazirligidan bu masalada izoh so’raladi», – deydi Alisher Qodirov.

 

Alisher Qodirov maktabda “Katyusha” qoʻshigʻi yodlatilgan holat boʻyicha vazirlik izoh berishini soʻradi