Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi maktablardan birida o’quvchilar darsga kech qolgani uchun o’t yulishga majburlangani aks etgan videolar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Bo‘ka tumanidagi 24-maktab direktori bolalar maktabga kech qolgani uchun ularni obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan.
Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining holat yuzasidan ma’lumot berishicha, 30-aprel kuni 24-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchilari dars jarayonlariga kechikib kelgan. Holat ushbu o‘quvchilar tomonidan surunkali davom etib kelayotganili sababli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ularni tartibga chaqirish maqsadida maktab gulxonasini yovvoyi o‘tlardan tozalashga jalb etgan.
Bu jarayon 10 daqiqa davom etgan. Shundan so‘ng, darsga kech qolgan o‘quvchilar, sinflariga kiritilgan.
Tarmoqda keltirilgani holatni rahbar o‘rinbosari doimiy amalga oshirib kelayotgani tasdiqlanmagan. Ishchi guruh tomonidan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga ogohlantirish berilgan.
