2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari sanalari e’lon qilindi

2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari sanalari e’lon qilindi

2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari sanalari ma’lum qilindi.

 

 

Unga ko’ra, IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 12-19 may kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi. Har bir sinf belgilangan kunda emaktab.uz platformasi orqali sinovda ishtirok etishi shart.

 

 

Onlayn sinov jadvali:

 

5-sinf – 12-may (dushanba)

 

6-sinf – 13-may (seshanba)

 

7-sinf – 14-may (chorshanba)

 

8-sinf – 15-may (payshanba)

 

9-sinf – 16-may (juma)

 

10-sinf – 17-may (shanba)

 

11-sinf – 19-may (dushanba)

 

 

20-may kuni – an’anaviy (qog’oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o’quvchilar qog’oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi.

 

2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari sanalari e'lon qilindi

 

Muhim eslatmalar:

 

– O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak.

 

– Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim.