Endilikda yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda amalga oshiriladi

Endilikda yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda amalga oshiriladi

2025-yil 1-iyuldan yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish 2 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqichda faoliyatni boshlash uchun oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkilotlari oʻrnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi.

 

2-bosqichda taʼlim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan taʼlim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.

 

Bunda:

 

– maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim oluvchilarni oʻqishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;

 

– maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb baholanadi va taʼlim tashkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinishiga asos boʻladi.