Joriy yilning 15-aprelidan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari ushbu manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.
10-may kuni mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, oʻqituvchi-defektolog (umumtaʼlim), oʻqituvchi-logoped (umumtaʼlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari ishtirok etadilar.
Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar test topshiradigan aniq sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin!
Attestatsiyaga jalb qilingan pedagoglarga ortiqcha ovoragarchilik va kutib qolishning oldini olish maqsadida attestatsiya sinovlariga Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda toʻldirilgan SOʻROVNOMA bilan oʻzlari uchun belgilangan vaqtdan yarim soat oldin yetib kelishlari yetarli ekanligini eslatib oʻtiladi.
