Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat joriy etiladi

Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat joriy etiladi

Muhokamalar portaliga Vazirlar Mahkamasining “Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

 

Unga ko’ra, 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda.

 

 

Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

 

birinchi bosqich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari;

 

ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan amaliy (ijodiy) imtihon.

 

 

B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan oʻqituvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.

 

 

Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasini aniqlash uchun tuziladigan test savollari davlat taʼlim standartlariga mos ravishda hamda oʻquv dasturlariga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan, kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan amaliy (ijodiy) imtihon materiallari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.

 

 

Qaror bilan tanishish