5-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

5-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 5-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

 

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar «Mening arizalarim» bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

 

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

 

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.