Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab, pedagog kadrlar tayyorlashda dual ta’lim shaklidan keng foydalaniladi hamda haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida tashkil qilish tizimi takomillashtiriladi.
Bunda:
“4+2” tartibida pedagogik amaliyot “bir ustozga bir talaba” tamoyili asosida tashkil etiladi.
Ta’lim dasturlarida “4+2” tartibida pedagogik amaliyot 3–4 bosqich talabalariga joriy etilladi.
