Pedagogika yo‘nalishlarining bitiruvchilariga yakuniy davlat imtihoni bilan birga kasbiy sertifikatlashdan o‘tish imkoni ham yaratiladi

Pedagogika yo‘nalishlarining bitiruvchilariga yakuniy davlat imtihoni bilan birga kasbiy sertifikatlashdan o‘tish imkoni ham yaratiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

Unga ko’ra,

 

2026-yilning avgust oyiga qadar pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlarida xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini kasbiy sertifikatlash tartibida tashkil etish va baholash tartibi ishlab chiqiladi.\

 

Bunda:

 

Bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga kasbiy sertifikatsiyaning nazorat sinovlaridan test topshirish imkoniyatini yaratish;

 

Yakuniy davlat attestatsiyasida ijobiy baholangan va kasbiy sertifikatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga mutaxassis o‘qituvchi lavozimida ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikat berilishi nazarda tutiladi.