Kecha Xorazmdagi maktablardan birining direktori dars vaqtida ikki o’quvchi qizning sochidan tortib, kaltaklagani aks etgan video tarqalganini xabar qilgan edik.
Mazkur videoda Qo‘shko‘pir tumanidagi 14-son maktab direktorining dars vaqtida sinf xonasiga kirib, o‘quvchi qizlar bilan janjallashgani aks etgan.
Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Ma’lumotga ko’ra, videolavhada aks etgan voqea 2025-yil 7-aprel kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, shu kuni maktab direktori dars vaqtida 11-sinf xonasiga kirib, bir necha qizlarni sochini yig‘maganligi sababli ularning sochidan tortib, tanbeh beradi va buning ortidan ularning biri bilan janjallashib ketadi.
Holat yuzasidan maktab direktori vakolatli tashkilotlar tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, pedagogga xos bo‘lmagan harakatlari uchun “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligini ma’lum qilamiz.
