Maktab direktori dars paytida ikki o’quvchi qizni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Videoda direktor darsni buzib, sinfxonaga kirib kelgan va oldingi qatorda o’tirgan qizning sochlaridan tortib o’tgani, keyin esa orqa qatordagi qiz bilan urushib, uni kaltaklab, urushib ketgani ko’rinadi.
Ma’lumotlarga ko’ra, holat Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani 14- sonli maktabda bo’lgan.
