Nodavlat oliy ta’lim muassasasida ham ayrim talabalar davlat granti asosida tahsil olishi mumkin. Prezidentning tegishli qarori bilan respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratib borish belgilangan.
Bunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmachisi hisoblanadi. Shuning uchun har yili 1-iyulga qadar mazkur davlat grantining oliy ta’lim tashkilotlari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti vazirlikning takliflari asosida tasdiqlib, vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
