Pedagoglar attestatsiya testlaridan norozi, vazirlik mutaxassisi esa savollarni tahlil qilib berdi

Pedagoglar attestatsiya testlaridan norozi, vazirlik mutaxassisi esa savollarni tahlil qilib berdi

Maʼlumki, respublikaning barcha hududlarida pedagoglar attestatsiyasi davom etmoqda. Vazir Hilola Umarova oʻzining telegramdagi sahifasida 100 foizlik natija qayd etgan bir qator oʻqituvchilarning roʻyxatini eʼlon qilgan edi.

 

Shuningdek, vazirlik telegram kanalida eng yuqori natijalarni qayd etgan pedagoglar roʻyxati ham fanlar majmuasi tartibida eʼlon qilib borilmoqda.

 

Attestatsiya jarayonlari boshlangan kuni Hilola Umarova telegramdagi sahifasida sinovlarga kiradigan barcha pedagoglarga omad tilash bilan birgalikda, malaka testlari yakunlangach, onlayn muloqot qilib, imtihonga kirgan pedagoglarni eshitish taklifini bildirgan edi.

 

Ammo, hali attestatsiya jarayonlari endi boshlanganiga qaramay, deyarli har kuni ijtimoiy tarmoqlarda attestatsiya jarayonlariga oid bir qancha noroziliklar, savollarning qiyin tuzulgani va qonun buzilish holatlari kuzatilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

 

Jumladan, ona tili va adabiyot fan oʻqituvchilari ushbu fan doirasida X variantlar tarqalgani boʻyicha norozilik bildirgan edi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirlik mutaxassislaridan holatga aniqlik kiritish maqsadida bogʻlanganimizda, X variantlar tarqalishining imkoni yoʻqligi, chunki savollar har ikki soatda yangilanib turishini maʼlum qilgan edi. Shuningdek, vazirlik mutaxassislarining bildirishicha, testlarda ayrim oʻxshash savollarning borligi ham pedagoglarda X variant tarqaldi degan gumonga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

 

Bundan tashqari bir guruh geografiya, psixologiya va ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari attestatsiyada tushgan savollardan norozi boʻlib, Talimxabarlari.uzʼga murojaat yoʻlladi. Turli hududlardan tahririyatga yozgan pedagoglar bu yilgi savollar juda murakkab boʻlgani, ayrim testlarda mantiqiy bogʻliqlik yoʻqligi hamda baʼzi savollarga toʻgʻri javob birdan ortiq, ayrimlarida esa umuman toʻgʻri javob keltirilmaganini maʼlum qilgan.

 

Pedagoglar attestatsiyasiga masʼul boʻlgan va test jarayonlarini kuzatib borayotgan vazirlikning Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil qilish boshqarmasi boshligʻi Sardor Raximboyev oʻzining telegramdagi sahifasida deyarli har kuni attestatsiyada tushgan ayrim savollarning tahlilini berib bormoqda.

 

Quyida geografiya, psixologiya, ona tili va adabiyot, rus va ingliz tili fanlaridan tushgan savollarning tahlillari bilan boʻlishamiz:

Pedagoglar attestatsiya testlaridan norozi, vazirlik mutaxassisi esa savollarni tahlil qilib berdi

 

1. Malaka sinovlarida Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun) fanidan tushgan bir savol tahlili.

 

Rasmda keltirilgan savolga mutaxassis izohi:
Ushbu savol uchun NOto‘g‘ri hukm A javobda aks etgan.
A. Ikki o‘rinda shaxs oti ega vazifasini bajargan.
She’riy matnda ikkita shaxs oti ishtirok etgan: a) muallima; b) yo‘lovchi.
Muallima omon topgan – kengaygan aniqlovchi;
Yo‘lovchi – ega. (demak, shu javob xato, chunki A javobda har ikkala shaxs oti ega vazifasida kelgan deyilgan).

B. Gapda narsa oti 3 o‘rinda ega vazifasida kelgan.
To‘g‘ri. 1-narsa oti – qashqir, 2-narsa oti – olov, 3-narsa oti yana qashqir – har uchala narsa oti gapda ega vazifasida kelgan.

C. Bir o‘rinda son ega vazifasida kelgan.
To‘g‘ri. Ikkov tin olardi.

D. Bir o‘rinda jo‘nalish kelishigidagi narsa oti to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
To‘g‘ri. Yirtqichga – to‘diruvchi.

 

Pedagoglar attestatsiya testlaridan norozi, vazirlik mutaxassisi esa savollarni tahlil qilib berdi

2. Maktab psixologlariga tushgan yana bir savol tahlili.

 

Rasmdagi savolga ekspertlarning izohi:

Bu holat boladagi negativizmni aks ettiradi — atrofdagilarning talab va ko‘rsatmalariga qarama-qarshi harakat qilish. Bu bolaning mustaqillikka bo‘lgan intilishi, ichki ziddiyatlari yoki tarbiya muhitidagi aloqalar yetishmasligi sababli yuzaga keladi. Bu holatni to‘g‘ri anglash va bolaga ruhiy ko‘mak berish muhim ahamiyatga ega.

 

 

3. Geografiya fanidan tushgan  bir savol tahlili

Savol:

“Mamlakatning Atlantika okeaniga yaqin qismida moʻtadil dengiz iqlimi, sharqiy hududlarda moʻtadil kontinental, janubida esa Oʻrta dengiz tipidagi subtropik iqlim shakllangan. Yozi issiq, qishi esa iliq va yomgʻirli. Yogʻinlar eng koʻp yogʻadigan payt yanvardan aprelgacha kuzatiladi.”

Taʼrifi keltirilgan mamlakatga tegishli boʻlgan orolni toping.

A) Reyunon
B) Sitsiliya
C) Norfolk
D) Folklend

Izoh:
Savolda keltirilgan ta‘rif 9-sinf (2019-y.) darsligida aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, Fransiya Respublikasiga tegishli. Savolda ta‘rifi berilgan mamlakatga tegishli orolni, ya‘ni Fransiyaga tegishli orolni topish kerak edi. Reyunon oroli Fransiyaga tegishli eng mashhur orollardan biri hisoblanadi.

(Bilamizki, Sitsiliya – Italiyaga, Norfolk – Avstraliyaga, Folklend – Buyuk Britaniyaga tegishli)

 

 

Pedagoglar attestatsiya testlaridan norozi, vazirlik mutaxassisi esa savollarni tahlil qilib berdi

 

4. Malaka sinovlarida Rus tili (milliy maktablarda) fanidan tushgan yana bir savol tahlili.

Rasmda keltirilgan savolga mutaxassis izohi:

Данный тест представляет собой задание базового уровня сложности. Оно нацелено на то, чтобы выявить, насколько хорошо аттестируемый владеет умениями размышлять о произведении изобразительного искусства в идейно-тематическом аспекте, продемонстрировать знания жанров живописи, понять и передать замысел художника, чьи репродукции изучаются в соответствии с действующей учебной программой в 5 классе школ с узбекским и другими языками обучения (Русский язык как иностранный. 5 класс: учебник для школ среднего общего образования с узбекским и другими языками обучения /З. А. Исакжанова, М. К. Шаряева, Т. А. Шорина; под науч. ред. Е. А. Хамраевой. — Ташкент: Республиканский центр образования, 2022, стр. 49).

Задание представлено в форме Y-1, то есть тест с четырьмя вариантами ответов, один из которых верный.

От педагога требуется определение главной мысли картины В. Г. Перова «Рыболов».

Изучение языков, в частности русского как иностранного, предусматривает знание истории, традиций, культуры, искусства, литературы, географии, флоры, фауны страны изучаемого языка. Изучать ГРАММАТИКУ русского языка ВНЕ или В ОТРЫВЕ от произведений культуры, искусства и литературы НЕВОЗМОЖНО!

 

Pedagoglar attestatsiya testlaridan norozi, vazirlik mutaxassisi esa savollarni tahlil qilib berdi

 

5. Malaka sinovlarida Ingliz tili (umumta’lim) fanidan tushgan savollar tahlili:

 

Rasmda keltirilgan savolga mutaxassis izohi:

Ushbu savolda, ingliz tili fanidan ta’lim beruvchi pedagoglarning o‘qib tushunish ko‘nikmalaridagi qo‘llash sohasi (applying)ni baholash maqsad qilingan bo‘lib, unda pedagoglar yuqorida berilgan 3 ta kichik B1 darajadagi matnlarni o‘qib, ularga mos sarlavhani topishi, ya’ni sarlavhalar mos ravishda to‘g‘ri berilgan javobni topishlari ko‘zda tutilgan.

A
Resumes, interviews, and endless applications – finding the right job is never easy. Every rejection feels personal, but persistence is key. The right opportunity often comes when you least expect it. Skills matter, but confidence and attitude make all the difference. The job hunt is tough, but the reward is worth it.
Yuqoridagi savolning A qismini tahlil qilinsa, uning tarjimasi quyidagicha: “Rezyumelar, suhbatlar va tugamaydigan arizalar – munosib ish topish hech qachon oson bo‘lmagan. Har bir rad javobi tushkunlikka soladi, biroq qat’iyat va sabr muhim omildir. To‘g‘ri imkoniyat ko‘pincha kutilmaganda ro‘y beradi. Ko‘nikmalar muhim, ammo ishonch va munosabat hammasini o‘zgartiradi. Ish qidirish og‘ir jarayon, lekin uning mukofoti bunga arziydi.”

B
In a world full of expectations, being yourself is the bravest thing you can do. It’s easy to follow the crowd, but true happiness comes from self-acceptance. Passian, creativity, and courage shape the person you were meant to be. Growth happens when you stop comparing yourself to others. The greatest journey you’ll ever take is discovering who you are.
B qismini tarjimasi quyidagicha: “Jamiyatning doimiy talablaridan iborat dunyoda o‘zligingni saqlash (aslingdagidek bo‘lish) – eng katta jasorat. Ommaga ergashish oson, ammo chinakam baxt – o‘zini qabul qilishdan boshlanadi. Ishtiyoq, ijodkorlik va jasorat – insonga taqdirida yozilgan shaxsga aylanish imkonini beradi. Rivojlanish esa o‘zingni boshqalar bilan solishtirishni bas qilganingda boshlanadi. Eng buyuk sayohat – bu o‘zingni topish yo‘lidir.”

C
When students speak, the council listens. They fight for change, making school a better place for everyone. Organizing events, improving policies, and ensuring fairness – it’s a responsibility they take seriously. Leadership is not about power but about service. Though their efforts, every student’s voice is heard.
C qismini tarjimasi: “O‘quvchilar so‘zlaydi – o‘quvchilar kengashi tinglaydi. Ular maktab muhitini yaxshilash uchun harakat qiladilar. Tadbirlar o‘tkazish, qoidalarni o‘zgartirish va adolatli muhit yaratish – bu ularning asosiy vazifalaridir. Yetakchilik – bu hokimiyat emas, balki xizmatdir. Ularning sa’y-harakatlari orqali har bir o‘quvchining ovozi eshitiladi.”

Demak, ushbu 3 ta matnga sarlavhalar esa quyidagicha:
1. Find yourself and be that! – O‘zingni top va uni hayotingda ifoda et!
2. Student council – a voice for students – O‘quvchilar kengashi – o‘quvchilar manfaatlarini ifodalovchi ovoz.
3. Job Hunting – Mos ish izlash jarayoni.

Ingliz tilidan berilgan yuqoridagi matnlarni o‘qib ularga sarlavha tanlash jarayonida matnlardagi kalit so‘zlarga (key words) e’tibor berilsa, A nomli matnda Resumes, interviews, applications va shu bilan birga right job so‘zlarini uchratish mumkin, shunda mantiqan yuqoridagi sarlavhalardan A matni 3-raqamli sarlavhaga mosligini anglash mumkin;

Xuddi shunday, B nomli matnda ham kalit so‘zlar mavjud bo‘lib, being yourself, crowd, self-acceptance, passian, creativity, courage, growth so‘zlari matn shahsiy rivojlanishga qaratilganini tushuniladi, bu matn 1-raqamli matnga mos keladi.

C matnidan ham students, council, change, everyone, responsibility student’s voice so‘zlarini kalit so‘zlar sifatida ajratib olish mumkin va ushbu so‘zlar yig‘indisidan ushbu matn o‘quvchilar manfaatlarini ifodalovchi ekanligini bilish mumkin. Va albatta, 2-raqamli sarlavhani ifodalaydi.

To‘g‘ri javob esa quyidagicha:
1 – B, 2 – C, 3 – A