Pedagoglarning imtihondan noroziligi aks etgan videolar tarqaldi. Vazirlik izoh berdi

Pedagoglarning imtihondan noroziligi aks etgan videolar tarqaldi. Vazirlik izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Aspekt24.uz telegram kanalida pedagoglar attestatsiyasiga oid quyidagi talqindagi xabarlar tarqaldi:

 

«Ushbu pedagoglarni kim eshitadi? Mana bir necha kundirki oʻqituvchilar uchun oʻtkazilgan attestatsiya jarayonlari holis oʻtmaganligi aytilayapti va pedagog xodimlar norozi boʻlmoqdalar koʻp xolatlar esa faqat koʻz boʻyamachilikdan dalolat bermoqda. Test javoblarini sotilishi ortidan kimlardir daromad olmoqdami?» deb yoziladi xabarda.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat yuzasidan izoh berdi. Vazirlikning ma’lumot berishicha, ushbu lavhalar ayni vaqtda oʻtayotgan attestatsiya sinov jarayonlariga tegishli emas.

 

Shuningdek, boshqa bir ijtimoiy faollarning yozishisha, ushbu kadrlar attestatsiyaga aloqasi yo’q bo’lib, videoda qishda MTT direktorlarining menejerlik sertifikati uchun o’tkazilgan test sinovlaridagi holatlar aks etgan.