Ingliz, nemis, hindiy va turk tillaridan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro’yxatga olish ertaga, 26-aprelga qadar davom etadi. To‘lovlar 27-aprelgacha amalga oshirilishi lozim.
Ingliz, nemis va hindiy tillaridan test sinovlari 10-11-may kunlari o’tkazilsa, turk tilidan sinovlar 17-18-may kunlari bo’lib o’tadi.
Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Ta’kidlash joizki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025-yil 1-yarim yillik rejasiga ko‘ra, bu — davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonigacha o‘tkaziladigan so‘nggi chet tili imtihonidir.

