28-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan nostrifikatsiya imtihoni sanasi o‘zgardi

28-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan nostrifikatsiya imtihoni sanasi o‘zgardi

2025-yil yanvar oyida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari hajmidan kelib chiqqan holda, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo’yicha test sinovlarini o’tkazish grafigiga o’zgartirish kiritildi.

 

 

Unga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2025-yil 28-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari joriy yilning 29-aprel kuni o‘tkazilishi belgilandi.

 

 

Test sinovlari o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari haqidagi ma’lumotlar qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.