Attestatsiyada pedagogning bir vaqtning oʻzida ikki joyda koʻringani aks etgan video tarqaldi. Vazirlik holatga izoh berdi

Attestatsiyada pedagogning bir vaqtning oʻzida ikki joyda koʻringani aks etgan video tarqaldi. Vazirlik holatga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda malaka sinovlarida qatnashib chiqqan nomzodning bir vaqtning o’zida ham onlayn efirda, ham imtihondan tashqarida turganligi kuzatilgani haqida video tarqaldi.

 


Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lumki toifa sinovlari o‘tkaziladigan bino ichidagi kuzatuv kameralarining onlayn efiri cams.uzedu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi. Samarqanddagi test sinovlaridan tarqalgan video ko’rilganda, unda qotish va uzilishlar bo’lgani aniqlangan.

 

 

Vazirlik holatga quyidagicha izoh berdi:

 

Videoni ko‘rib chiqilganda, unda uzilish va qotishlar bo‘lgani aniq ko‘rinadi. Toifa sinovlari o‘tkaziladigan bino ichidagi kuzatuv kameralarining onlayn efiri https://cams.uzedu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Biroq, bu sayt RTSP protokolini qo‘llab-quvvatlamagani uchun, video oqim maxsus kodirovka orqali uzatiladi.

Ushbu onlayn translyatsiya tizimida har 15 soniyada yangilanadigan video kadrlar saqlanadi. Sayt kompyuter brauzerida ochilgach, ko‘rsatilayotgan barcha kadrlar kesh xotirada (ya’ni vaqtinchalik xotirada) saqlanib qoladi.

Agar internet aloqasi uzilsa, brauzer avtomatik ravishda oxirgi uzilmasdan avval ko‘rsatilgan kadrlarni ko‘rsatishda davom etadi.

Bu muammoni bartaraf etish uchun sahifani oddiygina yangilash (refresh qilish) yetarli bo‘ladi. Yuqoridagi holatda esa, interaktiv panelda internet aloqasi uzilgan va natijada eski, ya’ni uzilishdan oldingi kadrlar ekranga chiqqan.

Ilova qilingan rasmdan koʻrinib turibdiki, ushbu nomzod 52 ball toʻplab attestatsiyadan oʻta olmagan. Shuningdek, nomzodning test jarayonida olingan rasmlari va u sinovdan ketgandan keyingi holatni ko‘rishingiz mumkin (butun jarayonning to‘liq vidoesi ham mavjud va u 1 yil davomida saqlanadi).