Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi binosida gaz hisoblagichsiz tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulaganligi aniqlangan.
Natijada, noqonuniy tarzda 190 mln so‘mlik tabiiy gazdan foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
