Samarqandda Fransuz oliy muhandislik maktabi tashkil etiladi

Samarqandda Fransuz oliy muhandislik maktabi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi chog‘ida Samarqand viloyati delegatsiyasi Nitssa shahrida shahar ma’murlari va tadbirkorlik subyektlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

 

Frankofoniya tashkiloti direktori Yann Librati va Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rektori Yusuf Abdullayev o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.  

 

 

Shuningdek, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va Fransiyaning yetakchi muhandislik universitetlari bilan hamkorlikda Fransuz oliy muhandislik maktabi (French Higher School of Engineering)ni  tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

 

«Xalqaro Frankofoniya tashkiloti dunyo bo‘ylab fransuz tilini targ‘ib qilish, madaniy xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi», – deb ta’kidlagan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rektori Yu.Abdullayev.

 

Institut maqomidagi ushbu oliy maktab joriy yilning sentyabr oyida konchilik, geologiya, neft va gaz, kimyo muhandisligi kabi muhim ta’lim yo‘nalishlarni qamrab olgan holatda o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.

 

Samarqandda Fransuz oliy muhandislik maktabi tashkil etiladi