Pekin deklaratsiyasidan 30 yil o’tib ta’lim sohasida ayollarning o’rni qanchalik o’zgardi?

Pekin deklaratsiyasidan 30 yil o’tib ta’lim sohasida ayollarning o’rni qanchalik o’zgardi?

2025-yil mart oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning «Ayollar Huquqlari: Pekindan 30 Yil Keyin» nomli hisobotida ayollar huquqlari sohasidagi yutuqlar va mavjud muammolar tahlil qilindi. Hisobotda, 1995-yilda qabul qilingan Pekin Deklaratsiyasi va Harakat Platformasidan so’ng o’tgan 30 yil ichida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, ayollar huquqlariga tahdid soluvchi omillar ham ko’rsatib o’tilgan.

 

Asosiy yutuqlar:

 

-Ko’plab mamlakatlarda qizlarning boshlang’ich va o’rta ta’limga kirish imkoniyati sezilarli darajada oshdi.

-Dunyo bo’ylab parlamentlarda ayollar vakilligi oshdi, bu esa siyosiy qaror qabul qilish jarayonlarida ayollarning ovozi kuchayganini ko’rsatadi.

 

Mavjud muammolar:

 

-2022-yildan boshlab, qurolli mojarolarda ayollar va qizlarga nisbatan jinsiy zo’ravonlik holatlari 50% ga oshdi.

-Ayollar hali ham erkaklarga nisbatan kamroq huquqlarga ega va ko’pincha haq to’lanmaydigan ishlarni bajaradilar.

-Hukumatlarning qariyb chorak qismi ayollar huquqlarida orqaga qaytish holatlarini bildirgan, bu esa gender tengligiga erishish yo’lida jiddiy to’siqdir.

 

Ta’limga oid yutuqlar va muammolar

 

-So‘nggi yillarda qizlarning boshlang‘ich va o‘rta ta’limga kirish imkoniyati kengaydi, biroq ayrim mintaqalarda, xususan, Sahroi Kabir osti Afrikasi va Janubiy Osiyoda gender tafovutlari hanuz saqlanib qolmoqda.

-STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) ta’limiga qizlarni kengroq jalb etish bo‘yicha 70% mamlakatlar dasturlarni yo‘lga qo‘ydi. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 59% bo‘lgan.

-Xalqaro miqyosda qizlarning yuqori sinfni tamomlash darajasi o‘g‘il bolalarnikidan yuqori, biroq iqtisodiy jihatdan qashshoq oilalarning qizlari hali ham past ko‘rsatkichlarga ega.

 

Genderga moslashtirilgan ta’lim dasturlari

 

-Ayrim mamlakatlar ilmiy yutuqlar va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida raqamli ta’lim platformalariga sarmoya kiritmoqda.

-Chilida «Ayollar uchun Ilmiy-Texnik Innovatsiyalar Siyasati» qabul qilindi va bu dastur Lotin Amerikasida 3,8 million ayolni raqamli ta’lim bilan qamrab oldi. Kambodjadagi «Sisters of Code» (Kodlash opa-singillari) loyihasi 10-20 yosh oralig‘idagi qizlarga dasturlash va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ta’lim bermoqda.

 

Raqamli ta’lim va kelajak istiqbollari

 

-Xalqaro darajada qizlarning raqamli va texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

-Ayollar uchun yangi texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotga kirish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha 70% mamlakatlar chora-tadbirlar ko‘rmoqda.

 

Pekin Deklaratsiyasidan o’tgan 30 yil ichida ayollar huquqlari sohasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo’lsa-da, hali ham ko’plab muammolar mavjud. Ayollar va qizlarga nisbatan zo’ravonlikning ortishi, iqtisodiy tengsizlik va huquqlarning cheklanishi kabi masalalar dolzarbligicha qolmoqda. Shu sababli, gender tengligini ta’minlash va ayollar huquqlarini himoya qilish yo’lida global hamkorlik va sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarur.