Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 1-martdan boshlanadi

Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 1-martdan boshlanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishlari mumkin.

 

 

Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

 

 

Kasbiy sertifikatlash sinovlariga:

 

 

–  umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;

 

 

–  avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;

 

 

–  pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.