Kelesda 17 yoshli bola tanishini doʻpposlab, vahshiylarcha oʻldirgani aytilmoqda

Kelesda 17 yoshli bola tanishini doʻpposlab, vahshiylarcha oʻldirgani aytilmoqda

Uzdiplomat.uz ning xabar qilishicha, 2006-yilda tugʻilgan Gulmatov Askarni bir guruh oʻsmirlar Keles shahrida kechasi yarim jon qilib doʻpposlashgan. Keyin ulardan biri uyiga yugurib kirib, oshxonadan pichoq olib chiqqan va uning qorniga sanchgan. Keyin esa yetti marta pichoqlab, oʻpkalari va boshqa hayotiy muhim organlariga jiddiy ziyon yetkazgan.

Kelesda 17 yoshli bola tanishini doʻpposlab, vahshiylarcha oʻldirgani aytilmoqda

 

Murojaatda voqealar koʻp qavatli uylar oldidagi bolalar maydonchasida sodir boʻlgani va shovqin sababli mahalliy uchastka militsiya xodimini chaqirgani va u bolani kasalxonaga yetkazgani yozilgan.

 

 

Ota-onaning telefon qoʻngʻiroqlariga oʻgʻillari javob bermagan. Tungi soat 12:00 da militsiya xodimi qoʻngʻiroq qilib, Askarni jarrohlik boʻlimida ekanligini va holati ogʻirligini maʼlum qilgan.

 

«Soat 3:00 da jarrohlik operatsiyasi tugadi. Buyraklar ishlamay qoldi, taloq va oshqozon aʼzolari olib tashlandi, ichaklar kesildi, oʻpkalarni tikishga urinishdi, ammo imkonsiz edi… Qon quyishdi, lekin u yaralardan oqib chiqib ketdi…

Koma holati va 5:00 da Askar vafot etdi…

5 ta jarroh uning hayoti uchun kurashdi. U aʼlo darajada oʻqigan oʻquvchi, futbolchi-sportchi, bank xodimi, sevimli aka, namunaviy oʻgʻil va yaxshi doʻst edi», deyiladi murojaatda.

 

 

Shifokor onasiga oʻgʻlining yaralarini koʻrsatib, bunday zoʻravonlikni bir kishi qilolmasligini aytgan. Qoʻllari va kaftlari sogʻlom boʻlgani sababli, uni kuch bilan ushlab turishgan.

 

 

Marhumning yaqinlari bir nechta dalillarni keltirishmoqda:

 

–  0ta-onalarga hech qanday hujjat yoki sud-tibbiy xulosa berilmadi.

–  hujjatlar faqat prokuraturaga chaqirilganda koʻrsatishlarini aytishdi.

–  guvohlarning imzosi morg eshigi oldida olindi, ichida emas.

–  jasadni tezroq dafn qilish uchun ota-onaga berishdi.

–  ota-ona prokuraturaga faqat dushanba kuni chaqirilgan (dafn marosimi payshanba kuni boʻldi).

–  hujum qilganlar soni 10-15 emas, balki 5 kishi deb oʻzgartirilgan.

–  3 kishi payshanba kuni qoʻlga olingan, juma kuni 2 nafari qoʻyib yuborilgan.

 

“Bosh aybdor hamma narsani oʻz zimmasiga olgan, lekin u «qizil maʼlumotnoma” (ruhiy kasallik guvohnomasi) ga ega boʻlib chiqdi! Maktabda oʻqishga haqqi bor, lekin jinoyati uchun javobgarlikka tortilishi kerak emasmi?!

Bugun bizning bolamiz bu shafqatsiz zoʻravonlarning qurboni boʻldi – ertaga jazosizlik tufayli yana bir bola xavf ostida qolishi mumkin…Adolat talab qilamiz», deyilgan murojaatda.

 

 

Shuningdek, “Gazeta.uz” so‘roviga ko‘ra Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, hodisa yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari boshlangan. Tuman prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan Jinoyat ning 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda u gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, tegishli tartibida ushlangan.