Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi 8-qavatdagi uyining derazasidan oʻzini pastga tashlab, joniga qasd qildi

Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi 8-qavatdagi uyining derazasidan oʻzini pastga tashlab, joniga qasd qildi

Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi 8-qavatdagi uyining derazasidan oʻzini pastga tashlab, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, 2001-yil Samarqand shahrida tug’ilgan fuqaro 11-dekabridan 12-dekabrga o‘tar kechasi soat 23:00 atrofida 8-qavatdagi uyining derazasidan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilgan.

 

 

Marhuma Guzalya Maxmudkulova Samarqand davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi bo’lgan. Bundan tashqari kosmetolog va byuti-blogerlik faoliyati bilan ham shug’illanib kelgan.

 

 

Samarqand shahri prokuraturasi tergov-tezkor guruhi hodisa joyini ko‘zdan kechirib, guvohlardan batafsil tushuntirish xatlari olgan. Marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

 

Bloger Aqida Hanum o‘zining Telegram kanalida yozishicha, ayol shu yilning bahorida turmush qurgan. “So‘nggi vaqtlarda qaynonasi chiqishtirmayotgani, eri kun bermayotgani, kunda-kunora urush-janjal bo‘layotgani xaqida gapirgan”, — deya obunachilarining so‘zlarini keltirgan.

 

 

Shuningdek, messenjerlarda u bilan bo‘lgan yozishmalar ham e’lon qilingan. Ularda ayolning tanasidagi bir qancha jarohatlari aks etgan foto va videolar aks etgan, turmush o‘rtog‘ining unda ko‘ngli yo‘qligi va u bilan yashashga qiynalayotgani yozilgan.

 

 

Zamon informatsion dasturi muxbirining ma’lum qilishicha, ayol ijarada turadigan akasining uyining derazasidan o’zini tashlagan.

 

 

Bosh prokuratura hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini bildirdi.