Qishki ta’tilda talabalar uchun aviachiptalarga chegirma e’lon qilindi

Qishki ta’tilda talabalar uchun aviachiptalarga chegirma e’lon qilindi

 

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

 

 

50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.

 

 

Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

 

 

Batafsil: