30-noyabrdan 1-dekabrgacha o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatga olish boshlandi

30-noyabrdan 1-dekabrgacha o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatga olish boshlandi

Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayonlari 11-17-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

To‘lovlar esa 18-noyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 30-noyabr — 1-dekabr kunlari o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ro‘yxatdan o‘tish: https://my.gov.uz/oz/service/891⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠