Yangi ta’lim tizimida kreditidan qarzdorligi bo‘lgan talabalarga diplom beriladimi?

Yangi ta’lim tizimida kreditidan qarzdorligi bo‘lgan talabalarga diplom beriladimi?

Kredit tizimida talabalar necha yilgacha kursdan qolib, ta’limni davom ettirishi mumkin?⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ OTM talabalarni kursdan kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bunda GPA ko‘rsatkichi 2,4 — 3,0 oralig‘ida bo‘lishi talab etiladi. GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta o‘qish uchun tegishli kursda qoldiriladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shartnoma asosida bir kursda qayta o‘qish soni chegaralanmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 4 yilgacha deb belgilanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Talabalar o‘quv davri davomida belgilangan kreditdan qarzdorligi bo’lsa, kursdan kursga o‘tkazilmaydimi?⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Kreditdan qarzdorligi bo‘lgan talabalarga diplom beriladimi?

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shartnoma asosida bir kursda qayta o‘qish soni chegaralanmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 8 yilgacha etib belgilangan.

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shundan kelib chiqib, talaba oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan taqdirda, unga akademik darajasini tasdiqlaydigan diplom beriladi.

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠