O‘quvchi daftar tutmaganligi uchun o‘qituvchi emas ota ona javobgarmi?
Huquqshunos javobi quyidagicha:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 51-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bir qator majburiyatlarga ega. Unga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarini vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashi, ularning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, shuningdek, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Bu majburiyatlardan kelib chiqib, bolaning huquqbuzarlik yoki majburiyatlarni bajarmasligi uchun ota-ona javobgarlikka tortilishi mumkin.
Bundan tashqari, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 1 iyuldagi 206-sonli buyrug‘iga muvofiq, o‘qituvchining o‘quvchilarga daftar tuttirish majburiyati belgilangan emas. Bu shuni anglatadiki, daftar tutmagan o‘quvchi uchun o‘qituvchi emas, balki ota-ona javobgar bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, ota-onalar bolaning ta’lim olish jarayonidagi xatolar yoki majburiyatlarni bajarmasligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.