Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi - Ta’lim xabarlari
Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi

“Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-261-son, 17.07.2024 й.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etiladi.

 

 Muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

 

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini 2024/2025-o‘quv yilidan amalga oshiradi. Shuningdek, universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt summasi Universitet tomonidan belgilanadi.

 

Universitetga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi Universitet tomonidan belgilangan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil OTM hisoblanadi.

 

Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekistonda tan olinadi.

 

Universitetda qo‘shma ta’lim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры