Nima sababdan magistratura bosqichida  o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?

Nima sababdan magistratura bosqichida  o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?

Nima sababdan magistratura bosqichida  o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertatsiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠