So’nggi yangiliklar
Maktablarda CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi. 2025-yilda taʼlimi sohasida qanday oʻzgarishlar boʻladi?
Bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari tahlili e’lon qilindi
Tahlilda har bir talabaga to‘lanadigan yillik stipendiya miqdori 6 mln 214 ming so‘m qilib hisoblangan. Shuningdek, o‘qish xarajatlari yana nimalardan tashkil topgani haqida ma’lumot berilmagan.
Imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar nima qilishi kerak?
Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar boshlangach test savollari, xususan huquqshunoslik fanidan tuzilgan savollar abituriyentlar va keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.
Imtihonning ikkinchi bosqichida abituriyent nimalarni tanlaydi?
Joriy yilgi qabul jarayonlariga bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, 2024-2025-o‘quv yili uchun imtihonlar “Avval test, keyin tanlov” tartibida bo‘lib o‘tmoqda. Imtihonlarning birinchi – test topshirish bosqichi 25-iyul kuni yakunlanadi. Shundan so‘ng, ikkinchi bosqich – tanlovga 15 kun vaqt ajratiladi. Umumiy mandat shaklantirib bo‘lingach, bir hafta ichida yakuniy natijalar e’lon qilinadi. […]
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi 2024-yilning birinchi yarmida amalga oshirgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan brifing tashkil etildi
Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar hamda ularning ijrosi taʼminlash boʻyicha istiqboldagi rejalar yuzasidan maʼlumot berdi.
Qanday holatda o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizaga rad javobi beriladi?
Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi. O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor: – Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga; – Davlat xizmatchisining ish […]
Joriy yildan maktab formasi majburiy boʻladi(mi)?
2022-yil 19-may kuni hukumatning 271-sonli qarori bilan maktab formasi 2024-2025 oʻquv yilidan emas balki, 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab majburiy boʻlishi haqida qaror qabul qilingan edi. Biroq ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab formasining joriy qilinishi turli xil eʼtirozlarga sabab boʻldi. Shundan soʻng jamoatchilikning eʼtirozlari inobatga olinib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 oʻquv […]
Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 106 256 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
Nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida TOP-10 afsona
Bugungi kunda nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida turli xil qarashlar va fikrlar mavjud. Ko‘pchilik nodavlat oliy ta’lim muassasalarini davlat oliy ta’lim muassasalariga nisbatan kamroq sifatli deb o‘ylaydi, ammo bu haqiqatdan yiroq tushuncha. Bunday muassasalar o‘zlarining innovatsion yondashuvlari, ilmiy darajaning yuqoriligi, zamonaviy o‘quv dasturlari va tajribali professor-o‘qituvchilari bilan ajralib turadi. Shu bilan […]
QS Stars reytingida 5 yulduzli oliy ta’lim muassasalarimiz soni 2 taga yetdi
Kuni kecha dunyoning eng nufuzli reyting tashkilotlaridan biri hisoblangan Quacquarelli Symonds 2024-yilgi QS Stars audit baholash reytingi natijalarini e’lon qildi. Reytingda 8 ta faoliyat yo‘nalishi va 50 dan ortiq ko‘rsatkichlar bo‘yicha nufuzli dunyo universitetlari faoliyati chuqur tahlil qildi. Unga ko‘ra Samarqand davlat universiteti ishtirok etgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal 1000 balldan 780 […]
2024/2025-o‘quv yilida klinik ordinatura mutaxassisliklariga muvofiq keluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi – Sog’liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga ko‘ra, joriy o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishga qabul qilish muassasalarda tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Imtihonlar natijalari sinovlar o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Yuqoridagi jadvalda SSV Matbuot xizmati tomonidan […]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yana bir nodavlat institutni sudga berdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iqtisodiy ishlar bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga Navoiy innovatsiyalar institutiga nisbatan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni bekor qilishni so‘rab shikoyat arizasi kiritgan. Sud ishi 24 iyul 15:10ga tayinlangan. Bundan tashqari vazirlik yil boshida ham 5 ta nodavlat ta’lim muassasaning litsenziyasini sud qarori bilan bekor qilgan edi. […]
Buxoroda o‘qituvchi nogiron bolaga nisbatan qo‘pol kuch ishlatgan. Video
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasining ma’lumot berishicha, o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatganligi uchun maktab-internatining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.