O‘qishini ko‘chira olmagan nodavlat oliygoh talabasi taqdiri nima bo‘ladi?

O‘qishni ko‘chirish imtihonlaridan yetarli ball to‘play olmagan talabalar oldida ikki xil tanlov bor:

 

Oshirilgan kontrakt asosidagi o‘qishni ko‘chirish – bunda talaba yetmay qolgan bali asosida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

 

O‘qishini davom ettirish – o‘zi tahsil olayotgan nodavlat oliygohida o‘qishini kelgan joyidan davom ettirishi mumkin. Bunda talaba o‘qishini ko‘chira olmaganligi sababli oliygohi tomonidan kursni pasaytirilishi yoki qaytib qabul qilinmasligi (yoxud talabalar safidan chetlashtirish) mumkin emas. Ya’ni oliygohlarda bunday vakolat mavjud emas hamda talabaga hech qanday huquqiy oqibat (yoki chora) ko‘rilishi ham mumkin emas.

 

O‘qishni ko‘chirish uchun imtihon topshirish go‘yoki bilimni sinab ko‘rishdek gap, imtihondan o‘ta olmaslik talabaning taqdiriga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры