O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasiga ko‘ra, ijtimoiy ta’tillardan asl holicha foydalaniladi.
Mehnat kodeksining 149-moddasiga ko‘ra, ijtimoiy ta’tillarga quyidagilar kiradi:
– Homiladorlik va tug‘ruq ta’tillari;
– Bola parvarishlash ta’tili;
– Ijodiy ta’tillar.
Ushbu ta’tillarni pullik kompensatsiyaga almashtirib bo‘lmaydi. Ya’ni ta’tilga chiqmasdan turib kompensatsiya pulini olib bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Mehnat kodeksining 233-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlikning 30-haftasidan boshlab tug‘ruqqa qadar 70 kalendar kun va tug‘ruqdan so‘ng 56 kalendar kun homiladorlik tug‘ruq ta’tili beriladi va kompensatsiya to‘lanadi.