Afg‘onistonning Kunar viloyatida maktab yonidagi uyda saqlangan dinamit portlashi oqibatida kamida 6 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, yana 97 kishi jarohatlandi.
Bugun, 28- noyabr kuni Afg‘onistonning sharqiy qismida joylashgan, Kunar viloyatidagi maktab yonida sodir bo‘lgan portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 6 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, yana 97 kishi jarohatlandi. Bu haqida Al Jazeera ma’lum qildi.
Jabrlanuvchilar joylashtirilgan shifoxonaning rahbari Mavla Dadning aytishicha, qurbonlar soni yana oshishi mumkin.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida Kunar viloyatining Andar Ser hududidagi o‘rta maktab yonida joylashgan uyda sodir bo‘lgan. Uy konchilik ishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga tegishli bo‘lgan va u yerda dinamit saqlangan. Hozirda tergov guruhlari hodisa joyida ish olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning avgust oyida Kobuldagi maktabda qo‘l granatasi bilan uyushtirilgan hujum sabab 9 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 40 nafardan ortiq bola jarohatlangan edi.
