Gulnora Karimovaning 252,5 mln dollarlik aktivlari O‘zbekistonga qaytariladi, mablag‘ning bir qismi ta’limga yo‘naltiriladi

Gulnora Karimovaning 252,5 mln dollarlik aktivlari O‘zbekistonga qaytariladi, mablag‘ning bir qismi ta’limga yo‘naltiriladi

O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida Gulnora Karimovaning noqonuniy o‘zlashtirilgan aktivlaridan yana 252,5 million dollarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha bitim tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Qaytariladigan mablag‘larning bir qismi yangi maktablar qurish, ta’limni raqamlashtirish va o‘qituvchilar malakasini oshirishga yo‘naltiriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida noqonuniy o‘zlashtirilgan aktivlarning navbatdagi qismini qaytarish bo‘yicha bitim 2026-yil 24-noyabr kuni tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bitim doirasida 252,5 million dollar miqdoridagi mablag‘ni O‘zbekistonga qaytarish ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ushbu mablag‘lar “Ishonch — 2030” trast jamg‘armasi orqali aholining ijtimoiy farovonligini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Resurslarni taqsimlash strategiyasining ikkinchi bosqichida ikkita ustuvor yo‘nalish belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ulardan biri ta’lim sohasi bo‘lib, unda quyidagi ishlarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

  • maktab infratuzilmasidagi ehtiyojlarni qoplash, jumladan, yangi maktablar qurish;
  • ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish;
  • o‘qituvchilar malakasini oshirish;
  • sifatli ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ushbu yo‘nalishlarda, ayniqsa, qishloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan aholi qatlamlari uchun sharoitlarni yaxshilashga ustuvor ahamiyat beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Strategiyaning yana bir yo‘nalishi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Jumladan, bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish, kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, ayrim onkologik kasalliklarni davolash imkoniyatlarini kengaytirish hamda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, jamg‘armaning resurslarni taqsimlash bo‘yicha birinchi bosqichi doirasida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga jami 87 million dollar yo‘naltirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu mablag‘lar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, perinatal yordamni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga sarflangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠