Samarqanddagi xususiy universitet yopilmoqda, talabalar boshqa OTMga ko‘chiriladi

Samarqanddagi xususiy universitet yopilmoqda, talabalar boshqa OTMga ko‘chiriladi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) faoliyati to‘xtatilayotgani haqida xabarlar tarqalgach, vazirlik vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ma’lum qilinishicha, hozirga qadar 352 nafar talabadan o‘qishini boshqa oliy ta’lim tashkilotida davom ettirish bo‘yicha arizalar qabul qilingan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biri Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) yopilayotgani haqida xabarlar, shuningdek, universitet talabalaridan birining murojaati tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, murojaatda oliygohda dars mashg‘ulotlari to‘xtab qolgani, o‘quv yili o‘rtasida ta’limni davom ettirish imkoniyati mavhum bo‘lib qolayotgani hamda avval to‘langan kontrakt pullari taqdiri yuzasidan xavotirlar bildirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Murojaat muallifining ta’kidlashicha, talabalar uch oydan buyon universitet faoliyatiga oid aniq javob va qarorlarni kutmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Bugungi kunda taqdirimiz noma’lumligicha qolmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biz yaqin orada universitetni tamomlab, diplom olishi va o‘z kelajagini qurishi kerak bo‘lgan talabalarmiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq hozir bizni oldinda nima kutayotgani va ta’limimiz taqdiri qanday bo‘lishini tushunmaydigan vaziyatga tushib qoldik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mana uchinchi oydirki, hech qanday aniqlik, javob va aniq qarorlarsiz qolmoqdamiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Go‘yoki kelajagimiz, sarflangan yillarimiz, kuchimiz va mablag‘larimiz haqida o‘ylamay, bizni bu muammo bilan yolg‘iz tashlab qo‘yishgandek tuyulmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Biz g‘ayritabiiy narsa so‘rayotganimiz yo‘q — shunchaki qonuniy huquqlarimizni, o‘qishni tugatish va munosib diplomlarimizni olish imkoniyatini istaymiz”, — deyiladi murojaatda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talimxabarlari.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, universitetda yuzaga kelgan vaziyatning asosiy sabablaridan biri professor-o‘qituvchilarning ish haqi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Manbaning ma’lum qilishicha, universitet professor-o‘qituvchilari sakkiz oydan buyon ish haqi olmagani sababli ish tashlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada ta’lim jarayoni to‘xtab qolgan va o‘qituvchilar universitetni tark etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yuqori kurslarda sentyabr oyida ham dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘tgan hafta universitetdagi vaziyat yuzasidan Ta’lim va ilm-fan vazirligidan mas’ul xodim kelib, talabalar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazilgani ma’lum qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uchrashuvda talabalarni boshqa oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish masalasi muhokama qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talabalarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan beshta oliy ta’lim muassasasi ko‘rib chiqilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastlab Samarqanddagi ayrim oliygohlar tavsiya etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda talabalar tahsil olayotgan mutaxassislik va ta’lim yo‘nalishlari inobatga olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talimxabarlari.uz mazkur vaziyat yuzasidan Ta’lim va ilm-fan vazirligiga murojaat qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Vazirlik dastlab masalani o‘rganish uchun vaqt kerakligini, mas’ullar bu yo‘nalishda ish olib borayotganini bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Keyinchalik vazirlik universitet faoliyati yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

‘‘Universitet “Sanoat energetika guruhi” MCHJ muassisligida 2022-yil 28-avgustdagi 036721-son litsenziya asosida faoliyat yuritib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Universitetda 12 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha jami 451 nafar talaba tahsil olib kelmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Universitetda yuzaga kelgan tashkiliy va moliyaviy holatlar munosabati bilan talabalarning taʼlim olishini davom ettirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik ishchi guruhi tomonidan talabalar va ularning ota-onalari bilan bevosita uchrashuvlar oʻtkazilib, oʻrganish olib borildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozirda 352 nafar talabadan oʻqishini boshqa oliy taʼlim tashkilotida davom ettirish boʻyicha arizalar qabul qilingan’’, — deyiladi munosabatda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik har bir talabaning ta’lim olish huquqi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, o‘qishini uzluksiz davom ettirishi uchun zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2022-yilda tegishli litsenziya asosida faoliyat yuritishni boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida keltirilishicha, universitetning asosiy missiyasi yuqori malakali muhandislik kadrlarini tayyorlashdan iborat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ayni paytda universitetning siut.uz manzilidagi rasmiy sayti faol emas — sahifaga kirilganda “Account Suspended” xabari ko‘rsatilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Universitetning rasmiy Telegram sahifasi esa mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Universitet faoliyati tugatilsa, talabalar taqdiri qanday hal etiladi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda ta’lim tashkiloti faoliyati tugatilgan taqdirda talabalarni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish tartibi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, nizomning 60-bandiga ko‘ra, faoliyati tugatilgan yoki litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilangan tartibda ko‘chiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

61-bandda esa litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkilotining hisobvarag‘idagi zaxira mablag‘lari hisobidan talabalar o‘qishini davom ettirishi yoki ettirmasligi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni qoplash nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠