Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga ham o‘quv ta’tili berilishi mumkin

Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga ham o‘quv ta’tili berilishi mumkin

Masofaviy ta’lim shaklida oliy ta’lim olayotgan xodimlarga yiliga kamida 15 kunlik haq to‘lanadigan o‘quv ta’tili berilishi taklif qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, ularga o‘qish davrida moslashuvchan ish vaqtidan foydalanish hamda yo‘l kira xarajatlarining bir qismini qoplash imkoniyati berilishi mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Muhokamalar portaliga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Loyiha bilan Mehnat kodeksi hamda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Jarayon.uz xabariga ko‘ra, loyihada Mehnat kodeksining xodimlarga o‘qish bilan bog‘liq beriladigan kafolatlariga oid normalariga o‘zgartirish kiritish taklif etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, masofaviy ta’lim shaklida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun yiliga kamida 15 kalendar kun davomida o‘rtacha ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tili berilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, ish beruvchi xodimning o‘qish joyiga borib-kelishi uchun yo‘l kira xarajatlarining kamida 50 foizini yiliga bir marta qoplab berishi taklif qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Xuddi shunday tartib davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun borib-kelishda ham qo‘llanishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, masofaviy ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga o‘qish davrida moslashuvchan ish vaqti rejimidan foydalanish imkoniyati berilishi nazarda tutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Loyihada “birinchi marta tegishli darajadagi ta’lim” tushunchasiga ham aniqlik kiritilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Unga o‘rta professional, o‘rta maxsus professional, bakalavriat yoki magistratura bosqichida tegishli ta’limni birinchi marta olish holatlari kiritilishi taklif etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, hujjatda “ish o‘rganuvchi stajyor” institutini joriy etish ham nazarda tutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, ilk bor ish izlayotgan yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirayotgan shaxslar ish beruvchi bilan professional stajirovka shartnomasini tuzgan holda 3 oygacha amaliy ko‘nikma egallashi mumkin bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Loyihada mehnat munosabatlariga oid boshqa qator o‘zgartirishlar ham taklif etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, xodimga mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruq nusxasini Yagona milliy mehnat tizimidagi shaxsiy kabineti, mobil telefon raqami, elektron pochtasi yoki kelishilgan boshqa internet dasturi orqali yuborish imkoniyati nazarda tutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi taʼlim shaklida oʻqilgan davr, shu jumladan chet elda oʻqish vaqti pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga qoʻshib hisoblanishi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠