Xotira – millatning vijdoni

Xotira – millatning vijdoni

Xalq oʻz oʻtmishini qanchalik chuqur anglasa, kelajagini shunchalik ishonch bilan quradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Soliq qoʻmitasida 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirning asosiy mavzularidan biri mustabid tuzum davrida qatagʻon qurbonlariga aylangan ajdodlarimizning hayot yoʻli va fidoyiligi xususida bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Uchrashuv mehmoni Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, taniqli siyosiy sharhlovchi, professor Qobilbek Karimbekov Davlat bayrogʻi mustaqilligimiz, milliy gʻururimiz va xalqimiz birdamligining timsoli ekani va bu ramz ortida asrlar davomida ozodlik orzusi bilan yashagan, oʻz millatining maʼrifati va kelajagi yoʻlida jonini tikkan insonlarning taqdiri mujassamligini alohida ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mustaqillikka erishish yo‘lida xalqimizning koʻplab ziyoli va fidoyi farzandlari nohaq ayblovlar bilan jabr koʻrgani, koʻpchiligi hayotdan bevaqt koʻz yumgani tarixiy haqiqatdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu bois bayroq bugun faqat davlatchilik belgisi emas, balki oʻsha insonlar armonining roʻyobga chiqqanidan dalolat beruvchi ramz hamdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Suhbat davomida qatagʻon qurbonlarining hayot yoʻli, ularning xalq va Vatan oldidagi xizmatlari atroflicha yoritildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu insonlar oʻz davrida el-yurt ravnaqi, ilm-maʼrifat va milliy oʻzlikni asrash yoʻlida mashaqqatli kurash olib borgani, buning evaziga esa ogʻir sinovlarga duchor etilgani qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tarixning bu fojiali sahifalaridan olinadigan saboq alohida urgʻu bilan taʼkidlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Uchrashuvda tarixiy xotirani asrash, haqiqatni bilish va uni yosh avlodga yetkazish mustaqil davlatning mustahkam poydevori ekani eʼtirof etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Oʻtmishini bilmagan xalq kelajagini ishonch bilan qura olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu maʼnoda qatag‘on qurbonlari xotirasini eʼzozlash nafaqat burchimiz, balki oʻzligimizni anglash yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tadbirda shuningdek, davlat ramzlarining mazmun-mohiyati, mustaqil Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi oʻrni, bugungi dunyoda yuz berayotgan voqealar va murakkab siyosiy jarayonlar xususida ham fikr almashildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunday maʼrifiy uchrashuvlar xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ularda vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Zero, bu kunlarning qadriga yetish va uni asrash har birimizning zimmamizdagi masʼuliyatdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu masʼuliyat esa oʻtmishni unutmaslikdan, undan toʻgʻri xulosa chiqarishdan boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠