Imtihonlardagi sun’iy intellekt mojarosi ortidan Janubiy Koreya ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Imtihonlardagi sun’iy intellekt mojarosi ortidan Janubiy Koreya ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreyada imtihonlarda sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq mojaro shov-shuv bo‘lib ketdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Mamlakat ta’lim vaziri bunday holatlarning oldini olishga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun iste’foga chiqdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Voqealar bir necha hafta oldin soliq hisobchisi sohasida o‘tkazilgan imtihonda eng yuqori natijani qayd etgan nomzodning AI’dan foydalanganini tan olishi bilan boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

34 yoshli Han Von Sok imtihon savollarini yashirin mikrokamera orqali suratga olib, sun’iy intellekt tizimiga yuborgan va javoblarni smartfon orqali olganini ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U 160 ta savoldan faqat bittasiga noto‘g‘ri javob bergan va umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

19-noyabr kuni Janubiy Koreyada mamlakatning eng muhim oliy ta’limga kirish sinovlaridan biri — Suneung imtihoni o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Sakkiz soatga yaqin davom etadigan ushbu sinov natijalari abituriyentning kelajagiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

AI’dan foydalanish holatlari yuzasidan xavotirlar kuchaygani sababli imtihon oldidan xavfsizlik talablari keskin kuchaytirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Nomzodlardan mobil telefon va boshqa aqlli qurilmalarni o‘chirib, mas’ullarga topshirish talab qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Imtihon xonalarida va yo‘laklarda qoldirilgan sumkalar ham tekshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, nazoratchilar ishtirokchilarning ko‘zoynaklari, soatlari, kiyim tugmalari, yoqalari va yenglarini yashirin kameralar mavjudligi nuqtayi nazaridan tekshirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Imtihon hududlarida ommaviy Wi-Fi tarmoqlarini cheklash choralari ham ko‘rildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Hukumat hatto mamlakat bo‘ylab mobil telefonlarga uch marta favqulodda ogohlantirish yubordi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu xabarlar ovozsiz rejimdagi telefonlarda ham baland ovozda eshitilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Rasmiylarga ko‘ra, imtihon davomida elektron qurilmalardan foydalanish bilan bog‘liq 111 ta qoidabuzarlik aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ularning qariyb yarmi favqulodda ogohlantirishlar yordamida fosh etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim vaziri mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

The Guardian nashrining xabar berishicha, Janubiy Koreya ta’lim vaziri Choy Kyo Jin 22-noyabr kuni lavozimidan ketishini ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Vazir o‘z bayonotida imtihon oldidan joriy etilgan choralar kechikkanini tan olib, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mojaro avj olgan kunlarda vazirning parlamentda bildirgan fikri ham jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Deputatlardan biri undan imtihonda AI’dan foydalanishga uringanlarni aniqlash imkoniyatlari haqida so‘raganida, 72 yoshli vazir yoshini sabab qilib, bu vazifani uddalay olishiga ishonchi komil emasligini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U imtihon oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanlarida ham ishtirok etmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, o‘zbekistonlik talaba Janubiy Koreyada 1 yil-u 4 oyga qamalgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠