Janubiy Koreyada 100 dan ortiq abituriyent imtihonda AI’dan foydalanayotganda qo‘lga tushdi

Janubiy Koreyada 100 dan ortiq abituriyent imtihonda AI’dan foydalanayotganda qo‘lga tushdi

Mamlakatda universitetga kirish imtihonlarida sun’iy intellekt yordamida firibgarlik holatlari ko‘paygani sababli favqulodda choralar ko‘rildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Imtihon vaqtida besh nafar nomzod taqiqlangan aqlli qurilmalardan foydalanayotganida qo‘lga tushdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Janubiy Koreyada yarim millionga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan milliy universitetga kirish imtihonida 111 nafar nomzoddan foydalanish taqiqlangan qurilmalar topildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda mamlakat Ta’lim vazirligiga tayanib BBC xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum bo‘lishicha, ulardan besh nafari imtihon davomida AI ulangan qurilmalardan foydalanishga uringan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bungacha ham mamlakatda sun’iy intellektning imtihonlarda ishlatilishi bilan bog‘liq bir qancha holatlar yuz bergan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihonlardagi favqulodda choralar

 

Janubiy Koreya hukumati imtihonlarda sun’iy intellektdan foydalanish holatlarining oldini olish uchun bir qator yangi talablarni joriy etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihon kuni butun mamlakat bo‘ylab mobil telefonlarga uch marta favqulodda ogohlantirish yuborildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu xabarlar hattoki ovozsiz rejimda turgan telefonlarga ovoz bilan yetkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Faqat o‘chirilgan yoki parvoz rejimiga o‘tkazilgan qurilmalar ovoz chiqarmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu Janubiy Koreyada imtihonda ko‘chirish holatlarini aniqlash uchun milliy favqulodda ogohlantirish tizimidan ilk bor foydalanilishi bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, nomzodlardan ko‘ylak va pidjaklaridagi tugmalarni yopib qo‘yish talab etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu yashirin kameralar orqali savollarni tasvirga olishning oldini olishga qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, imtihon qatnashchilarining ko‘zoynaklari ham tekshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘tgan oy universitetga kirish imtihonida ikki nafar nomzod sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega aqlli ko‘zoynaklardan foydalanishga uringani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu yilning o‘zida o‘rta va yuqori sinflarda tahsil oluvchi yana to‘rt nafar o‘quvchi ham shunday qurilmalarni ishlatgani ma’lum bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eng katta mojaro esa Janubiy Koreyada soliq hisobi bo‘yicha malaka imtihonida eng yuqori natijani qayd etgan nomzodning maxsus qurilmadan foydalanganini tan olishi ortidan yuzaga keldi. 34 yoshli Han Von Sok imtihon savollarini yashirin mikrokamera orqali suratga olib, sun’iy intellektga yuborganini va javoblarni telefonida tekshirganini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Uning 160 ta savoldan atigi bittasiga noto‘g‘ri javob bergani ham shubhalarga sabab bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon esa imtihon tizimini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning fikricha, sun’iy intellektdan foydalanish nafaqat imtihonlardagi adolatga, balki jamiyatdagi ishonchga ham putur yetkazadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident davlat imtihonlari imkoniyatlar va resurslar taqsimotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, Suneung imtihoni qariyb sakkiz soat davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda o‘quvchilar koreys tili, matematika, ingliz tili, ijtimoiy va tabiiy fanlar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 200 ga yaqin savolga javob berishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihon kuni mamlakat hayoti ham ushbu jarayonga moslashtiriladi: qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatiladi, samolyotlar parvozi cheklanadi, harbiy mashg‘ulotlar esa vaqtincha to‘xtatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu haqda dunyo mamlakatlaridagi eng noodatiy imtihonlar haqidagi maqolada batafsil yozgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠