Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda ko‘z kasalligi tarqaldimi? Mas’ullar vaziyatni tushuntirdi

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda ko‘z kasalligi tarqaldimi? Mas’ullar vaziyatni tushuntirdi

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bir nafar bolada o‘tkir konyunktivit aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar o‘rtasida ko‘z kasalligi tarqalayotgani haqida xabarlar e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 10-noyabr kuni Parkent tumani tibbiyot birlashmasi tizimidagi “Qoraqalpoq” qishlog‘i hududida joylashgan 42-son oilaviy poliklinikaga biriktirilgan, 2022-yilda tug‘ilgan M.U.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ hududdagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga ko‘z kasalligi alomatlari bilan kelgan. Muassasa ma’muriyati bolani bog‘cha hududiga kiritmagan va shifokor ko‘rigidan o‘tishi uchun yuborgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ko‘rik davomida bolaga “H10.3 — aniqlanmagan o‘tkir konyunktivit” tashxisi qo‘yilib, tegishli davolash muolajalari belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tibbiyot muassasasi bolaning oila a’zolarida ham shunga o‘xshash alomatlar kuzatilgani va ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunday shikoyatlar bilan murojaat qilgan boshqa bemorlar qayd etilmagan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, boshqa tarbiyalanuvchilarda ham shunday alomatlar kuzatilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ota-onalardan farzandlarining salomatligiga e’tiborli bo‘lish, ko‘zda qizarish, yoshlanish, ajralma kelishi kabi alomatlar kuzatilgan taqdirda, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilishni so‘ragan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠