Maktab direktorlari uchun maxsus tanlov: eng yaxshi natija ko‘rsatganlar xorijda malaka oshiradi

Maktab direktorlari uchun maxsus tanlov: eng yaxshi natija ko‘rsatganlar xorijda malaka oshiradi

Maktab direktorlarining boshqaruv ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan maxsus saralash jarayoni boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan rahbarlar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va malaka oshirish uchun chet davlatlariga yuboriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi UNESCO bilan hamkorlikda maktab direktorlari uchun maxsus saralash jarayonini boshladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

​Ushbu tashabbus Islom taraqqiyot banki (IsDB), Islom birdamlik jamgʻarmasi (ISFD) va Taʼlim boʻyicha Global hamkorlik tashkiloti (GPE) tomonidan moliyalashtirilayotgan “SmartED” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Buning uchun “Raqamli ta’lim” portalida “Maktab direktorining ish kitobi” turkumiga kiruvchi 10 ta ilmiy-metodik qo‘llanma joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ularda nazariy ma’lumotlardan tashqari, maktab rahbarlari boshqaruv jarayonida duch keladigan real vaziyatlar va ularning yechimlari yoritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Turkum quyidagi 10 ta yo‘nalishni qamrab oladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • Ta’lim mazmuni;
  • Ta’limda tarbiya;
  • Salomatlik va xavfsizlik;
  • Kasbga yo‘naltirish strategiyasi;
  • Innovatsion maktab;
  • O‘qituvchi va pedagogik jamoa;
  • Psixologik muhit;
  • Raqamli ta’lim muhiti;
  • Samarali maktab;
  • Ta’lim keyslari.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Saralashda ishtirok etish uchun portalda direktor rolini tanlab, ro‘yxatdan o‘tish, yuqoridagi 10 ta qo‘llanmani o‘rganish va ular bo‘yicha testlardan o‘tish lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Barcha 10 ta kitob bo‘yicha yakuniy testdan muvaffaqiyatli o‘tgan rahbarlarga sertifikat beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eng yuqori natija ko‘rsatgan va boshqaruvda ilg‘or deb topilgan maktab direktorlari saralab olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ular xorijiy davlatlarda tajriba almashish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish uchun: https://raqamlitalim.trm.uz/register⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Foydalanish boʻyicha video yoʻriqnoma: https://raqamlitalim.trm.uz/#video⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠