Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etuvchi talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ruxsatnomalarni my.gov.uz saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olish mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yilning 21–24 hamda 28–30-noyabr kunlari o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Jumladan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • 21 va 23-noyabr kunlari — biologiya;
  • 22 va 24-noyabr kunlari — kimyo;
  • 23-noyabr kuni — fizika;
  • 28–30-noyabr kunlari — matematika fanlaridan imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ruxsatnomada talabgorning imtihon sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Talabgorlar belgilangan vaqtda ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga yetib kelishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test sinovi o‘tkaziladigan binoga talabgorlar pasport yoki ID-karta kabi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, test topshiruvchilardan imtihon binosiga elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat va boshqa ortiqcha shaxsiy buyumlarni olib kelmaslik so‘ralgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠