12-noyabr kuni o‘tkazilgan pedagoglar attestatsiyasida bir qator o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etdi. Eng yuqori ko‘rsatkich 98 ballni tashkil qildi.
Kuzgi pedagoglar attestatsiyasi doirasida 12-noyabr kuni o‘tkazilgan malaka sinovlarida davlat va huquq asoslari, tarix va tarbiya fanlarii o‘qituvchilari o‘z bilim va kasbiy mahoratlarini namoyon etdi.
Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi pedagoglar yuqori natijalarni qayd etgan:
98 ball:
- Gulchiroy Yuldosheva — Buxoro viloyati, Peshku tumani 22-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi;
- Zokir Rahmonov — Buxoro viloyati, Shofirkon tumani 4-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi;
- Nargiza Xolmatova — Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri 36-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi;
- Sojida Umarova — Navoiy viloyati, Nurota tumani 18-IDUM tarbiya fani o‘qituvchisi;
- G‘avhar Hayitova — Navoiy viloyati, Zarafshon shahri 12-umumta’lim maktabi tarbiya fani o‘qituvchisi.
94 ball:
- Laylo Mahammadiyeva — Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani 66-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Hurriyat G‘afforova — Navoiy viloyati, Navoiy shahri 14-umumta’lim maktabi tarbiya fani o‘qituvchisi.
92 ball:
- Noila Allaquliyeva — Xorazm viloyati, Xonqa tumani 3-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Bekzod Xudayberganov — Xorazm viloyati, Xiva tumani 9-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Jahongir Xolboyev — Samarqand viloyati, Payariq tumani 26-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Mahliyo Xoliqulova — Samarqand viloyati, Narpay tumani 52-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Gulruh Narziyeva — Navoiy viloyati, Navoiy shahri 12-umumta’lim maktabi tarbiya fani o‘qituvchisi.
90 ball:
- Murodjon Ramazonov — Sirdaryo viloyati, Guliston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix fani o‘qituvchisi;
- Behzod Muxtorov — Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani 34-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Olmosbek Soliyev — Navoiy viloyati, Navoiy shahri 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix fani o‘qituvchisi.
88 ball:
- Javohir Do‘stmurodov — Jizzax viloyati, Zarbdor tumani ixtisoslashtirilgan maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Bunyod Normamatov — Jizzax viloyati, Zarbdor tumani 11-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi;
- Gulmira Rimbayeva — Xorazm viloyati, Urganch shahri 18-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Gulasal Babajanova — Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 28-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Gulmira Hayitboyeva — Xorazm viloyati, Shovot tumani 25-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Umida Egamberdiyeva — Xorazm viloyati, Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktab tarix fani o‘qituvchisi;
- Halimjon Mardonov — Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani 9-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi;
- Ahmadjon Nasimov — Navoiy viloyati, Uchquduq tumani 5-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi;
- Alisher Akramov — Navoiy viloyati, Navoiy shahri 11-umumta’lim maktabi davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi;
- Iroda Xasanova — Navoiy viloyati, Karmana tumani 31-umumta’lim maktabi tarbiya fani o‘qituvchisi.
Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi muntazam ravishda yangi savollar bilan to‘ldirib boriladi.
