Maktablardagi musiqa fani o‘qituvchilariga o‘quvchilarining cholg‘u asboblarini ijro etish darajasiga qarab har oyda 5 foizdan 20 foizgacha ustama to‘lab boriladi.
Hukumatning 2026-yil 11-noyabrdagi 617-son qarori bilan umumta’lim maktablari xodimlarini rag‘batlantirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining musiqa fani o‘qituvchilariga o‘quvchilarining cholg‘u asboblarini ijro etish darajasidan kelib chiqib, har oylik ustamalar belgilanadi.
Ustama miqdori o‘quvchilarning ijrochilik mahorati bo‘yicha olgan ballariga qarab quyidagicha belgilanadi:
95–100 ball — 20 foiz;
90–94 ball — 18 foiz;
85–89 ball — 16 foiz;
80–84 ball — 14 foiz;
75–79 ball — 12 foiz;
70–74 ball — 10 foiz;
65–69 ball — 8 foiz;
60–64 ball — 5 foiz.
Agar natija 60 balldan past bo‘lsa, ustama to‘lanmaydi.
Mazkur ustamalar o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga nisbatan hisoblanadi va ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i asosida direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
O‘zgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritildi.
